Jahon | 00:04 / 12.09.2018
8070
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya G‘arbni Idlibga hujum qilishga yo‘l bermaslikka chaqirdi

Foto: U.S. Army / Spc. Anthony Zendejas IV

Anqara G‘arb davlatlari va butun dunyo hamjamiyatini Suriyaning Idlibidagi harbiy amaliyotni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi. 

“Biz dunyohamjamiyati, G‘arb davlatlari, AQShni Idlibga hujum qilinishi oldini olishda ko‘mak ko‘rsatishga chaqiramiz. Barcha tomonlar bu jarayonga mazmunan yondashib, yaqin ikki kun ichida Idlibdagi vaziyatni tartibga solish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etadigan siyosiy qaror bo‘yicha kelishuvga erishishlariga umid bildiramiz”, deb aytgan Qalin jurnalistlarga.

Idlib viloyati hududi hozirda Suriyaning hukumat kuchlari tomonidan deyarli nazorat qilinmayapti. U yerda qurollangan muxolifat jangarilari hamda Moskva va Damashqda ta'kidlanayotgandek, bir qator guruhlar terrorchilari joylashgan.

Mavzuga oid