Anqara Ğarb davlatlari va butun dunyo hamjamiyatini Suriyaning Idlibidagi harbiy amaliyotni töxtatişga çaqiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin ma'lum qildi. 

“Biz dunyohamjamiyati, Ğarb davlatlari, AQŞni Idlibga hujum qilinişi oldini olişda kömak körsatişga çaqiramiz. Barça tomonlar bu jarayonga mazmunan yondaşib, yaqin ikki kun içida Idlibdagi vaziyatni tartibga soliş yölidagi barça tösiqlarni bartaraf etadigan siyosiy qaror böyiça kelişuvga erişişlariga umid bildiramiz”, deb aytgan Qalin jurnalistlarga.

Idlib viloyati hududi hozirda Suriyaning hukumat kuçlari tomonidan deyarli nazorat qilinmayapti. U yerda qurollangan muxolifat jangarilari hamda Moskva va Damaşqda ta'kidlanayotgandek, bir qator guruhlar terrorçilari joylaşgan.