Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh «DXR» va «LXR»dagi saylovlarni qoralaydi
Foto: Alex Brandon/AP
AQSh o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «DXR» va «LXR»da 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovlarni qoralaydi. Bu haqda davlat departamenti vakili Xizer Nauert bayonot berdi.
«Qo‘shma Shtatlar o‘zini «Donetsk va Lugansk xalq respublikalari» deb atovchi hududlarda saylovlar o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar e'lon qilinganini qoralaydi. Bu hududlar Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida ekani hisobga olinsa, unda ushbu saylovlarni o‘tkazish imkonsiz bo‘lib chiqadi va bu Rossiyaning Minsk kelishuvlari doirasidagi majburiyatlariga umuman zid keladi», - deya ma'lum qildi u.
Avvalroq, Fransiya o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «DXR» va «LXR»da rejalashtirilgan saylovlarni Minsk kelishuvlariga zid, deya hisoblashi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:06
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25
Vashington Kiyevga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda
23:38 / 26.12.2025