Özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakçisi Aleksandr Zaxarçenkoga suiqasdni Rossiya tomoni taşkillaştirgan. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi vakili Vladimir Skibitskiy Ukrainaning «Beşinçi kanali» efirida ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, Moskva «xalqaro sudlarda Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorliklariga guvoh bölişi mumkin bölganlarni» yöq qilmoqda.

«Ukraina harbiy razvedkasi ma'lumotlariga köra, Zaxarçenkoning yöq qilinişi ortida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati turibdi. Ular Ukraina tomonini ayblab çiqişi aniq edi. Ular bizni terrorçilik aktida ayblab çiqişlari ham avvaldan ma'lum bölgan», - deya xabar berdi Skibitskiy.

Vazirning ta'kidlaşiça, şunday ma'lumotga egaki, unga köra Zaxarçenko 31 avgust kuni öldirilgan «Separ» kafesi FXXning bevosita nazorati ostida bölgan. «Bundan taşqari, bizning ma'lumotlarga köra, uşbu restoran operativ nuqtai nazardan töliq jihozlangan. U yerda ham video, ham audioma'lumotni yozib oliş mumkin edi. Rossiya FXX Zaxarçenko tomonidan kafeda ötkaziladigan barça tadbirlarni yaxşi bilgan», - deya qöşimça qilib ötdi Mudofaa vazirligi vakili.

Şu bilan birga, Ukraina Xavfsizlik xizmati öşa kafe içiga portlovçi moddalarni örnata olmas edi, «çunki hammasi Rossiya Federatsiyasida nazorat ostida bölgan», dedi Skibitskiy.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukrainaning Qrimni qaytarib oliş imkoniyatlari baholangandi.