Jahon | 20:05 / 13.09.2018
7616
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda “Florens” dovuli sababli 800 ta aviareys bekor qilindi

AQShda mamlakatning sharqiy sohillariga “Florens” dovuli yaqinlashib kelayotgani sababli kamida 800 ta aviareys bekor qilindi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.

“Kamida 800 ta reys dovul kelishi oldidan payshanbadan shanbagacha bekor qilindi”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, hozirda dovul kuchsizlanib, 2-toifaga tushgan. Undagi shamolning maksimal tezligi 177 km/soatgacha yetmoqda. Biroq ob-havo mutaxassislari dovul yana 4-toifadagi dovulgacha kuchayishini aytishmoqda.

Ta'kidlanishicha, “Florens” AQShning janubi-sharqiy qismiga oxirgi 60 yil ichida yopiriladigan eng kuchli dovul bo‘lishi mumkin. Dovul ayniqsa Shimoliy va Janubiy Karolina, Virjiniya shtatlariga xavf solmoqda, bu shtatlarda millionlab odamlar tabiiy ofat zarbasiga tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborgan. Dovul qamrab oladigan hududlarda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.

Shuningdek, harbiylar dovul sababli kemalar va aviatsiya joyini o‘zgartirishmoqda.

Mavzuga oid