Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda benzin juda ko‘payib ketdi. U O‘zbekistonga eksport qilinadi
Qozog‘iston rahbariyati qo‘shni davlatlarga benzinning ortiqcha qismini jo‘natishni rejalashtirmoqda, deya yozadi «Delovoy Kazaxstan».
«Oktyabr-noyabr oylarida yonilg‘i-moylash materiallarini eksport qilish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda Qozog‘istonda avval hech qachon bo‘lmagan to‘xtashlarni amalga oshirish talab etiladi (zavodlardagi maxsus qurilmalar). Bugungi kunda ikkita modernizatsiya qilingan zavod bizga benzin profitsitini berdi. Agarda bu 500 ming tonna bo‘lsa, mamlakat bozori mahsulotga to‘lib ketadi», - deya ma'lum qildi Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bozumbayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, benzinning haddan tashqari ko‘payib ketishi Qozog‘iston yoqilg‘i quyish shoxobchalarida narxning o‘rtacha 10 tengega pasayishiga olib keldi. Ayni paytda rasmiylar yoqilg‘i-moylash materiallarini Rossiya, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonga sotish bo‘yicha kelishuvlarni imzolamoqdalar.
Shu bilan birga, Qozog‘iston shartnomalarda nazarda tutilganidan ortiq benzinni sotmaydi va ichki bozor har doim ustuvor bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:14 / 18.04.2026
Yoqilg‘i xarajatiga 3 foizgacha komissiya minyapti. Farg‘onadan reportaj
23:08 / 09.04.2026
“Vaqt yo‘qotyapmiz” - haydovchilar zapravkalarda naqd to‘lovning to‘xtatilgani haqida
09:04 / 03.04.2026
Rossiya benzin eksportini iyul oxirigacha to‘xtatdi
14:51 / 31.03.2026