Light | 15:40 / 13.09.2018
41076
4 daqiqa o‘qiladi

Miyani qayta sozlash: 6 ta g‘aroyib usul

Miya – sirli organ. Tadqiqotchilar uning barcha murakkabliklarini endigina tushuna boshladilar. Ularning kashfiyoti miya qayta sozlashi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni bilish imkonini beradi.

Foto: Pixabay

Gadjyetlarga ishonish

Ma'lumotlarni eslab qolishda gadjyetlarga qancha ko‘p ishonsak, ular bizga tobora ko‘proq kerak bo‘ladi. Bu “kognitiv ishga tushirish” deb nomlanadi. Tadqiqotlardan birida ma'lumot olish uchun avval internetdan foydalangan ishtirokchilar yod olishni xush ko‘radiganlarga qaraganda Google’ga ko‘proq qaytishgan. “Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xotiramizni qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish uchun internetdan qancha ko‘p foydalansak, unga tobeligimiz shuncha ortib boradi. Agar ilgari eslab qolishga harakat qilgan bo‘lsak, endilikda bunga urinib ham ko‘rmaymiz”, - deydi Santa-Kruzdagi Kaliforniya universitetidagi tadqiqot muallifi Benjamin Shtorm.

Fazogirning miyasi

Fazoda bir necha hafta yoki oyni o‘tkazgach, fazogir miyasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Olimlar fazogirlarning Xalqaro fazo stansiyasiga borishidan oldin va keyin miyasini o‘rgandilar. Ularning aniqlashicha, bosh chanog‘idagi miya yuqoriga joylashadi va ko‘rish markazlari aziyat chekadi. Biroq bu uzoq uchishlar vaqtidagina yuz beradi: fazoda bor-yo‘g‘i ikki hafta bo‘lgan fazogirlarda bunday o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Foto: Pixabay

Siqilish

Ko‘pchilik depressiya miya uchun bo‘g‘imlardagi artrit kabi kasallik ekani haqida hatto shubha ham qilishmaydi. Nature jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalari depressiyadan aziyat chekuvchi kishilarning miyasidagi oq moddadagi o‘zgarishlarni qayd etdi. Oq moddadagi o‘zgarishlar hissiyot va fikrlarni bayon etishdagi muammolar bilan bog‘liq.

Ochlik

Muayyan interval bilan och qolish o‘zining tana va miyaga g‘aroyib ta'siri bilan mashhur. «Ochlik miyani juda ko‘p jihatdan o‘zgartirishi mumkin, deydi Janubiy Karolinadagi Klemson Universitetidan Benjamin Xardi. – U miya hujayralari soni va miya sohasidagi neyronlar bilan aloqa qiladigan, xotira, o‘rganish va yuqori bilish funksiyalarini  bilan aloqa qiladigan oqsil, neyrotorfik omil (BDNF) sonini oshiradi. BDNF darajasining pasayishi Altsgeymer kasalligida xotirani yo‘qotish va kognitiv buzilishlar bilan bog‘liq.

Foto: Pixabay

Kompyuter o‘yinlari

«O‘yinlarga o‘ta qiziqish miyaga kofein yoki kokain kabi ta'sir qilishi mumkin, - deydi Xardi. O‘yinlar miyani tonnalab dopamin ishlab chiqarishga majbur qiladi». Biroq miya bunga juda tez ko‘nikadi, aynan shunday effektni olish uchun unga yanada ko‘proq kerak bo‘ladi, deya ogohlantiradi u.

Shunga qaramay, o‘yinlarning miyaga ta'siri to‘g‘risidagi yangiliklar u qadar salbiy emas. Frontiers in Human Neuroscience jurnalida chop etilgan tadqiqotda o‘yinlar miyaning diqqat va shakl hamda figuralarni aniqlash uchun javob beradigan sohalari samaradorligini oshirishga qodirligini qayd etgan. Yangi tadqiqot bir haftada besh kun 3D-platformer Super Mario o‘yinini yarim soatdan o‘ynagan 55 dan 75 yoshgacha bo‘lgan odamlarda xotira, kuzatish, eshitish va boshqa ko‘plab vazifalarga javob beradigan gippokampdagi kulrang moddaning ulushi ortganini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid