Jahon | 07:27 / 13.09.2018
4223
1 daqiqa o‘qiladi

Salvadorning sobiq prezidenti 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi  

Foto: REUTERS/Jose Cabezas

Salvadorning sobiq prezidenti Antonio Saka korrupsiya uchun 10 yillik qamoq jazosi oldi.

“Sobiq prezident Elias Antonio Saka pullar va aktivlarni o‘g‘irlash va yuvish uchun 10 yillik qamoq jazosi oldi. U mamlakatning korrupsiya bilan bog‘langan jinoyatlar uchun jazolangan birinchi sobiq prezidenti bo‘ldi”, deb aytilgan Salvador prokuraturasi bayonotida.

Saka 2016 yil oktabrda korrupsiya va davlat mablag‘larini xarjlab yuborish gumoni bilan hibsga olingan. U prezident vakolati tugashigacha hisob raqamida turgan 5 mln dollar qayerdan olinganini izohlab bera olmagandan keyin noqonuniy boyishda ayblangan.

Saka Salvador prezidenti lavozimini 2004 yildan 2009 yilgacha egallagan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid