O‘zbekiston | 12:42 / 13.09.2018
9033
6 daqiqa o‘qiladi

Suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda artezian quduqlarni qazish jadallashtiriladi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda artezian quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori joylashtirildi.

Hujjatda aytilishicha, prezidentning 2018 yil 26 apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorda “Tomorqa xizmati” MChJlarga sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‘rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‘orishni tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019-2020 yillarda suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan, iste'molga yaroqli yer osti suv zaxiralari yetarli bo‘lgan aholi maskanlarida artezian quduqlarini qazish bo‘yicha manzilli Dastur;

Dasturni amalga oshirish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga imtiyozli kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish prognozi;

Dasturni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi, Kengash, O‘zbekiston Respublikasi  qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Dasturga kiritilgan mahalla fuqaro yig‘inlaridagi tomorqalarni har tomonlama puxta o‘rganib, ushbu tomorqalarda bog‘larni va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishni tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida tashkil etilishini ko‘zda tutuvchi chora-tadbir ishlab chiqadilar va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.

Respublika ishchi guruhi (Z.T.Mirzayev):

Dasturni amalga oshirish doirasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta'minlash;

Dasturni amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida hal qilish uchun zarur choralar ko‘rish;

zarur hollarda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining xulosalari asosida Kengash va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari takliflari bo‘yicha Dasturga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vazifalari topshirildi.

Dasturga muvofiq quduqlarni burg‘ilash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan quduqlarni burg‘ilash uchun beriladigan gidrogeologik xulosalarni, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan artezian quduqlarini qazish bo‘yicha loyihalarga ekologik ekspertiza xulosalarini o‘rnatilgan tartibda berilishi ta'minlaydi.

Bunda, Dasturda belgilangan quduqlarni burg‘ilash uchun beriladigan gidrogeologik xulosalar va loyihalarni ekologik ekspertiza qilish ishlari uchun o‘rnatilgan to‘lovlar miqdorini ikki barobarga kamaytirilishi nazarda tutiladi.

“O‘zbekenergo”AJ 2019-2020 yillar davrida suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan aholi maskanlarida quriladigan artezian quduqlarining elektr tarmoqlarga o‘rnatilgan tartibda ulanishini hamda ularga uzluksiz elektr energiya yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Dasturda belgilangan suv ta'minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda artezian quduqlarni qazish ishlarini tashkil etishda “Tomorqa xizmati” MChJ buyurtmachi va foydalanuvchi etib belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga:

joriy yilning 1 dekabriga qadar “Tomorqa xizmati” MChJlar bilan davlat – xususiy sheriklik tizimini tashkil etish maqsadida artezian quduqlarini burg‘ilash, shu jumladan energiya manbalari uskunalarini o‘rnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish uchun zarur yer maydonlarini o‘rnatilgan tartibda ajratib berish;

O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Tomorqa xizmati” MChJlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki obektlarini (yoki ularning bir qismini) nol stavkada ijaraga berilishini ta'minlash vazifalari yuklatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid