O‘zbekiston | 10:51 / 13.09.2018
4035
1 daqiqa o‘qiladi
TIVda Mirziyoyevning Hindistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik muhokama qilindi
2018 yilning 12 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Hindiston Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, uchrashuvda bo‘lajak O‘zbekiston-Hindiston oliy darajadagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Hindistonga rasmiy tashrif bilan borishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024