19:27 / 13.09.2018
11242

“O‘zbekenergo” boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tasdiqlandi

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari tasdiqlandi.

Hukumat qarori bilan Jamshid Abdusalomovich Abdusalomov “O‘zbekenergo” boshqaruvi raisining istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 12 sentabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi. 

Mavzuga oid
Top