Sport | 11:20 / 15.09.2018
12552
2 daqiqa o‘qiladi

Primera rekordchilari: Messi 7ta ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadam

Foto: Getty Images

Marca nashri Ispaniya chempionati futbolchilarining ko‘rsatkichlarini hisoblab ko‘rdi. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, «Barselona» hujumchisi Lionel Messi 7ta ko‘rsatkich bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda:
– eng ko‘p gol urgan – 387;
– eng ko‘p g‘alaba qozongan – 317;
– mag‘lubiyatsiz o‘yinlarning eng uzun seriyasi – 45ta o‘yin;
– o‘yinlardagi birinchi gollar soni – 85;
– zaxiradan maydonga tushib, urilgan gollar soni – 21;
– g‘alaba keltiruvchi gollar soni – 27;
– penaltidan urilgan gollar soni – 48/59.

Messining jamoadoshi Serxio Buskets g‘alabalarning eng uzun seriyasiga ega – 25ta o‘yin. Mag‘lubiyatlarning eng uzun seriyasi Pedro Bigas chekiga tushgan – 11ta o‘yin.

La Liga rekordchilari orasida Xoakin alohida o‘rin olgan. «Betis» klubining 37 yoshli faxriysi quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadam: 
– eng ko‘p o‘yinlar soni – 487;
– eng ko‘p mag‘lubiyat soni – 160;
– eng ko‘p durang soni – 128.

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua chempionatning bo‘yi eng baland futbolchisidir – 199 sm. «Espanol» yarimhimoyachisi Pablo Pyatti bo‘yi eng past futbolchi – 164 sm.

Serxio Ramos – sariq va qizil kartalar soni bo‘yicha peshqadam: 168 + 19.

Chempionatning yoshi eng ulug‘ futbolchisi - «Ueska» sardori Xaunxo Kamacho: 38 yosh va 40 kun. Eng yosh futbolchi - «Valensiya» futbolchisi Ferran Torres: 18 yosh va 5 oy.

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone – eng uzoq vaqtdan beri jamoasini boshqarayotgan murabbiy: 8ta mavsum.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid