Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda sport haftaligi davom etmoqda
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi joriy yil hisobidan sportga doir ko‘plab loyihalarni amalga oshirdi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlarni jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini tashkil etish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning ommaviylashgan va olimpiya turlarini rivojlantirish, yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yosh avlodning sog‘ligini mustahkamlashdir.
Joriy yil 10-20 sentabr kunlari Respublikamizning barcha hududlarida “Sport haftaligi”ni o‘tkazish ham ana shunday samarali loyihalardan biri deyish mumkin.
Haftalik davomida yoshlar o‘rtasida sportning voleybol, badiiy gimnastika, velosiped sport turi bo‘yicha marafon, futbol, yugurish, mini futbol, kurash, basketbol kabi bir qator musobaqalar o‘tkaziladi.
«Sport xalqning o‘ziga ishonchini oshiruvchi, jipslashtiruvchi jabhadir, uning o‘zi emas, albatta, undagi g‘alabalar millatni g‘ururlantiradi» – shiori ostida o‘tkazilayotgan haftalik yoshlarning qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Haftalik 20-sentabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
16:19 / 21.02.2026
Qorin atrofida to‘planadigan yog‘lar: nega ba’zan diyeta ham, sport ham yordam bermaydi?
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
18:27 / 18.08.2025
Shavkat Mirziyoyev sport federatsiyalari rahbarlari bilan muloqot qildi
19:16 / 28.07.2025