Sport | 09:30 / 16.09.2018
7723
2 daqiqa o‘qiladi

«Devis kubogi». Istomin va Fayziyev juftlik bahslarida yutqazdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

«Devis kubogi»ning pley-off bosqichi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Buyuk Britaniyaga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazmoqda.

14 sentabr kuni dastlabki bahslar o‘tkazilgan va birinchi kun yakunlariga ko‘ra 1:1 hisobi qayd etilgandi.

15 sentabr kuni musobaqada juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda Denis Istomin va Sanjar Fayziyev dueti mezbon tennischilar Jyeymi Marrey va Daniel Inglotdan tashkil topgan juftlikka qarshi o‘yin o‘tkazdi. 2 soatu 57 daqiqa davom etgan o‘yinda o‘zbekistonlik sportchilar 6:4, 6:7, 2:6, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, Buyuk Britaniya – O‘zbekiston qarama-qarshiligida hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi.

Endi bugun yakkalik bahslari doirasida Denis Istomin va Jo‘rabek Karimov kortga chiqadi. Denis Istomin Kemeron Norriga qarshi o‘yin o‘tkazsa, Jo‘rabek Karimov Dani Evansga qarshi kurash olib boradi.

Mavzuga oid