Sport | 18:10 / 16.09.2018
3470
2 daqiqa o‘qiladi

«Zenit» Rossiya chempionati peshqadamiga aylanib oldi

Foto: Zenit FK

«Zenit» Rossiya chempionatining 7-turida «Orenburg» ustidan g‘alabaga erishdi. Orenburgdagi «Gazovik» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 14-daqiqasida Leandro Paredesning qanotdan uzatib bergan to‘pini Aleksandr Yeroxin boshi bilan darvozaga joyladi. Birinchi bo‘lim oxirida Artyom Dzyuba Yeroxinni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va u imkoniyatdan unumli foydalandi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida «Orenburg» bitta javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. «Zenit» jarima maydonida to‘p Adesoyye Oyyevolega kelib tushdi va u osonlik bilan Andrey Lunyovni dog‘da qoldirdi.

«Zenit» safida jamoaning yangi himoyachisi Klaudio Markizio ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va Rossiya chempionatidagi debyutini amalga oshirdi.

«Zenit» endilikda 7 o‘yinda 6 g‘alabaga erishib, ochkolari sonini 19taga yetkazgan holda RPL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Orenburg» 10 ochko bilan — 8-o‘rinda joylashgan.

Rossiya chempionati
7-tur
Orenburg – Zenit 1:2 (0:2, 1:0)

Gollar: 0:1 – 14 Yeroxin, 0:2 – 45 Yeroxin, 1:2 – 48 Oyyevole.
Orenburg – Frolov, Oyyevole, Begich, Andreyev, Terexov, Mishkich, Popovich (Rikardu Alvesh, 71), Afonin, Malyx, Despotovich (Kozlov, 76), Sutormin (Chukanov, 85).
Zenit – Lunev, Netu, Ivanovich, Smolnikov, Nabiullin (Anyukov, 61), Kuzyayev, Paredes (Markizio, 71), Yeroxin, Shatov (Ernani, 84), Dzyuba, Driussi.
Ogohlantirishlar: Mishkich (41), Smolnikov (50), Netu (53).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid