Jahon | 21:39 / 17.09.2018
5962
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik milliarder Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda

Foto: AP/Chris Stewart

Amerikalik tadbirkor, saxovatpesha va Salesforce korporatsiyasi direktori Mark Benioff rafiqasi bilan birga Meredith media konglomeratidan Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.

Ushbu xarid bo‘yicha bitimni 30 kundan keyin yopish rejalashtirilmoqda. 

Meredith 2017 yilda o‘nlab OAV, jumladan Time,  Fortune va People jurnallariga egalik qiluvchi Time Inc. matbaa kompaniyasini sotib olgandi. The New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha bitimda aka-uka milliarderlar Charlz va Devid Koxlar ishtirok etishgandi. Meredith ularga tegishli tuzilmalardan ushbu maqsadda 650 mln dollar olgan.

Mavzuga oid