Jamiyat | 14:39 / 17.09.2018
18690
2 daqiqa o‘qiladi

IIV: tog‘aning ishi “besh” bo‘lmadi, xodim xizmat burchiga sodiq qoldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 2018 yil 16 sentabr kuni Chiroqchi tumani IIB xodimi o‘z rahbariga axborot bergan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Unda shu yil 15 sentabr kuni o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Jizzax viloyati Zarbdor tumanida yashovchi N.T. va Jizzax shahrida yashovchi Yu.K.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘zini N.T.ning tog‘asi deb tanishtirgan fuqaro K.B. uning oldiga kelib, N.T. va Yu.K.ga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirish hamda jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilib berishni so‘raganini evaziga pora taklif qilayotganligini ma'lum qilingan.

Ushbu bildirgi yuzasidan shu kuni viloyat IIB va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida K.B. xodimga xizmat xonasida 2 mln so‘m pulni pora sifatida berayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid