Jahon | 15:19 / 17.09.2018
12571
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qildi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik haqidagi shartnomani bekor qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ukraina yetakchisi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Poroshenko ushbu hujjatni 17 sentabr, dushanba kuni imzolagan.

Unga ko‘ra Rossiya bilan do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma bekor qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Lugansk uzra Ukraina bayrog‘ini ko‘tarishga va'da bergandi.

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Kiyev Luganskka Ukraina bayrog‘i qaytarilishi uchun barcha ishni qiladi. 

Mavzuga oid