Pskov oblast sudi 2025 yil yozida Rossiya çegarasida qölga olingan Mixail Loşçininni «davlatga xiyonat» ayblovi bilan 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

«Ostorojno, novosti» xabariga köra, sud Loşçininni «Rossiya Federatsiyasining duşmani deb tan olingan xorijiy davlat vakillarini moliyalaştiriş»da aybdor deb topdi. Loşçinin va uning ukrainalik sobiq sevgilisi örtasidagi 2022 yilgi yozişma  ayblov uçun asos bölgan, öşanda ayol undan pul söragan.

2025 yil 1 iyul kuni Latviya orqali Rossiyaga kirganida Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlari uning telefonidan uşbu yozişmalarni topib olişgan. Rossiya va Belgiya fuqaroligiga ega bölgan Loşçinin öşanda bemor otasini köriş uçun Sankt-Peterburgga mototsiklda kelayotgan edi. U 2000 yildan beri Rossiyada yaşamagan.

Loşçininni qöllab-quvvatlov guruhi ma’lumotlariga köra, dasturçi çegara hududini noqonuniy kesib ötiş bahonasida uşlangan va ikki hafta muddatga hibsga olinib, Pskovning Pitalovo şahridagi mehmonxonaga joylaştirilgan. Keyin u Belgorod oblastidagi 2-sonli tergov hibsxonasiga yuborilgan – u yerda ukrainalik asirlar saqlanmoqda. Loşçininning özi u yerda qiynoqqa solingani va kaltaklanganini aytib bergan.

U heç qanday ayblov e’lon qilinmagan holda Belgorod oblastidagi tergov izolyatorida uç hafta uşlab turilgan. Keyin uni Pskovdagi 1-sonli tergov izolyatoriga ötkazişgan va rasman «davlatga xiyonat» ayblovi qöyilgan.

Mixail Loşçinin bilan boğliq voqea Rossiya taşqarisida ham katta şov-şuvga sabab böldi. Belgiyaning Moskvadagi elçixonasi bir neça marta RF TIVdan diplomatik vakolatxona xodimlariga Loşçininni borib körişga ruxsat berişni söradi. Ammo uning oldiga baribir diplomatlarni kiritişmadi.