Ulkan tozalash tizimi Tinch okeanini chiqindilardan tozalashga kirishdi
Gollandiyalik Boyan Slatga qarashli Ocean Cleanup fondi Tinch okeanini chiqindilardan tozalovchi ulkan tizimni ishga tushirdi.
Kompyuter o‘yini qahramoni "Pakman" nomini olgan tizim okeandagi plastik chiqindilarni yig‘ib oladi va quruqlikka chiqaradi. Uning asosiy vazifasi Kaliforniya va Gavayi o‘rtasidagi ulkan chiqindi uyumini yo‘qotishdir. Tizim muvaffaqiyatli ishlaydigan bo‘lsa, chiqindi uyumi besh yil ichida ikki baravarga kamayadi.
Uzunligi bir kilometrga yaqin va qiymati 20 million dollar bo‘lgan mazkur tizim birinchi yilda okeanni 70 ming tonna chiqindidan xalos qiladi. Tinch okeanida 1,6 million kvadrat kilometr maydonni egallagan chiqindi uyumi hattoki koinotdan ham ko‘rinib turadi.
Tizimni gollandiyalik ixtirochi va biznesmen Boyan Slat yaratgan. U 16 yoshida Tinch okeanini tozalash muammosi bilan qiziqa boshlagan. Hozirda 24 yoshda bo‘lgan Slat o‘tgan davr mobaynida Ocean Cleanup fondini tashkil etishga, kraudfanding uslubi bo‘yicha 20 million dollardan ortiq pul yig‘ishga va ulkan tozalash tizimini yaratib, ishga tushirishga erishdi.
Mavzuga oid
16:49 / 16.11.2024
Okean suvlarining isishi chig‘anoq hosil qiladigan planktonlarga xavf solmoqda - tadqiqot
10:18 / 02.11.2024
Chiqindidan qarzdorlar “svet”ga to‘lov qilolmaydi. Mas’ullar yangi tizim tartibini tushuntirdi
18:19 / 18.10.2024
Olimlar bioplastik okeanda qog‘ozdan ham tezroq parchalanishini aniqladi
12:30 / 09.10.2024