2026 yil 25 martda qabul qilingan ÖRQ–1124-sonli qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Uşbu özgartişlar atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida nazoratni kuçaytirişga qaratilgan.

Qonunga köra, çiqindilarni töplaş maydonçalari va ularning qöriqlanmaydigan inşootlaridan çiqindilarni qonunga xilof ravişda töplaş hamda olib çiqib ketiş ma’muriy huquqbuzarlik sifatida belgilandi. Bu kabi holatlar uçun tegişli tartibda jazo çoralari qöllaniladi.

Şu bilan birga, ekologik huquqbuzarliklarni maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalari orqali aniqlaş amaliyoti joriy etilmoqda. Bu esa huquqbuzarliklarni tezkor va xolisona qayd etiş imkonini beradi.

Qöşimçalarga muvofiq, ayrim faoliyat turlari bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarga atrof-muhitni ifloslantiruvçi manbalar monitoringini yuritiş böyiça qöşimça majburiyatlar ham yuklatildi. Xususan, atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni kiritmaganlik, töliq kiritmaganlik yoki notöğri ma’lumot kiritganlik uçun javobgarlik belgilandi.

Bunday huquqbuzarliklar uçun atrof-muhitga ta’sir körsatişning I va II toifalariga mansub faoliyat bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslarga BHMning 100 baravaridan 300 baravarigaça jarima qöllanişi mumkin.

Şuningdek, örmon fondi yerlarini qonunga xilof ravişda beriş yoki ulardan foydalaniş holatlari takroran sodir etilgan taqdirda, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigaça jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi.

Mazkur qonun normalari ekologik xavfsizlikni ta’minlaş, çiqindilar bilan boğliq tartibni mustahkamlaş va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirişga xizmat qiladi.