Mikroplastmassa diametri 5 millimetrdan kiçik bölgan plastik zarraçalardir. Ular plastik buyumlarning parçalanişi natijasida paydo böladi.
Yaqinda ötkazilgan xalqaro tadqiqotlar inson tanasining deyarli barça qismlari: öpka, jigar, buyrak va hatto yurak muşaklarida mikroplastmassa zarralari mavjudligini körsatdi. Bu holat plastik zarralari tanamizning eng himoyalangan qismlariga ham kirib borayotganini anglatadi.
Masalan, The Guardian jurnalida çop etilgan maqolaga köra, odamlar kuniga 68 mingtagaça mikroplastmassa zarraçasini nafas orqali yutişi aniqlangan. Ya’ni inson tanasi haftasiga örtaça 5 gramm plastik, tuşunarliroq qilib aytadigan bölsak, bitta bank plastik kartasi miqdoridagi mikrozarralarni qabul qilmoqda. Uşbu zarraçalar öpkaga kirib, keyinçalik qon orqali boşqa a’zolarga ham tarqaladi.
Mazkur zarralar yöldoş – plasenta orqali onadan homilaga ötişi isbotlandi. Açinarli tomoni şundaki, yangi avlod zaharli plastikni yutgan holda dunyoga kelmoqda.

Mikroplastmassa nima uçun xavfli?
U şunçaki “yot jism” emas, mazkur modda tanaga ikki xil usulda zarar yetkazadi:
Birinçisi – mexanik ta’sir: öta kiçik nano-plastmassalar hujayra membranalarini yirtib, ularning içiga kiradi va tabiiy jarayonlarni buzadi. Bu hujayra darajasidagi surunkali yalliğlanişga sabab böladi.
Ikkinçisi – kimyoviy zaharlaniş: plastik işlab çiqarişda işlatiladigan bisfenol A (BPA) va ftalatlar gormonal tizimni izdan çiqaradi. Uşbu moddalar gormonlarni “aldab”, özini gormondek tutadi va oqibatda bepuştlik, semizlik hamda saraton xavfi ortadi. Bundan taşqari,


















