12:09 / 17.09.2018
5162

O‘zbekistonda QR Book loyihasi ishga tushirildi

Foto: mininnovation.uz

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi QR Book loyihasini ishga tushirdi. Loyihani barcha oliy ta'lim muassasalariga tatbiq etish bo‘yicha Oliy ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda ishlash rejalashtirilgan.

Ushbu loyihani birlamchi aprobatsiyadan o‘tkazish Toshkent davlat stomatologiya institutida amalga oshirilmoqda.

Loyihaning mohiyati shundaki, endilikda talabalar sevimli kitoblarini qidirib topish uchun hech qancha vaqt sarflamaydi va professor o‘qituvchilar tomonidan tavsiya etilgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, virtual laboratoriya, multimedia vositalarining barchasini telefon yordamida onlayn ravishda ochib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

QR book innovatsion kutubxonaga kirish uchun, o‘quvchi smartfonni QR code reader (analoglari mavjud) ilovasini yuklab olishi va karta orqa tarafidan istagan kitobni tanlab, QR kodini o‘qitishingiz lozim. Shunda uyda, mashina va jamoat transportlarida, o‘quv muassasalarida, dam olish maskanlarida kitob mutolaa qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Kelajakda loyihani yanada takomillashtirish uchun QR book kartasiga o‘quv materiallarini yaxshi o‘zlashtirish uchun video va foto materiallar, elektron darslik va atlaslar, mualliflik kitoblari va laboratoriya ishlarini animatsiya tarzda joylashtirish rejalashtirilgan.

Top