Jamiyat | 19:22 / 18.09.2018
51479
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada «neft magnati» qo‘lga olindi

Odatda bojxonachilar benzin, dizel kabi tayyor yoqilg‘i mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga doir ko‘plab qonunbuzarliklarni fosh qilishgan. Ammo, Farg‘onada bu gal aniqlangan holat esa ochig‘i amaliyotda kamdan kam kuzatilgan, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.X. boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina Farg‘ona shahar hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salonida polietilen qoplarga joylangan 710 litr neft mahsuloti ortilganligi aniqlangan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Odatda neft murakkab texnologiyalar asosida zavodlarda qayta ishlanadi. Ammo, neftning noqonuniy aylanmasi fosh etilishiga qaraganda, “uddaburon”lar endi uni qo‘lbola tsehlarda qayta ishlashga kirishgan ko‘rinishadi. Bundan-da muhimi, ular bu xom ashyoni qayerdan olishgan?

Bu savollarga ushbu holat yuzasidan davom ettirilayotgan tekshiruvlar davomida javob topiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid