Jahon | 16:00 / 18.09.2018
23511
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Buyuk Britaniya ulkan sunami ostida qolishi mumkinligini taxmin qilishdi

Foto: Getty Images

Shotlandiyadagi Dandi universiteti olimlari Buyuk Britaniya atrofidagi seysmik va tektonik faollik ulkan sunamini keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlashdi, deb yozadi Science Alert.

Hozirda olimlar kompyuterda dengiz tubining uch o‘lchamli xaritasini modellashtirish va tuzish bilan band hamda tektonik plitalar faolligining matematik modelini ishlab chiqishmoqda. Ular yaqin bir necha yil ichida paydo bo‘ladigan suvosti ko‘chkisi ulkan hajmdagi dengiz suvini "siqib chiqarishidan" xavotirda.

Olimlarning taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra, suvosti ko‘chkisi oqibatida yuzaga keladigan sunamining oldida 2011 yilda Yaponiyada sodir bo‘lgan sunami ko‘lmakdek bo‘lib qoladi. Okeanshunoslarning ma'lumot berishicha, to‘lqinlar balandligi kamida 30 metrni tashkil etadi.

Mavzuga oid