Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi
Foto: RIA Novosti / Maksim Blinov
Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlarini ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi, deb xabar berdi ET News portali.
Hozirda kompaniya mahsulotlari ro‘yxatida arzon Galaxy J/On, o‘rta narx toifasidagi Galaxy A va qimmat Galaxy S/Note smartfonlari mavjud. Nashrning xabariga ko‘ra, kompaniya yangi Galaxy M smartfonlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Taxmin qilinishicha, Galaxy M turkumi byudjyet smartfonlar qatoridagi Galaxy J o‘rnini egallaydi. Yangi turkumdagi telefonlar yanada arzon bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.
Shuningdek, Galaxy A turkumidagi ayrim modellar ham arzon smartfonlar qatoriga o‘tkazilishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 07.12.2025
Xiaomi uch buklanadigan smartfonini qachon chiqarishi ma’lum qilindi
22:20 / 04.12.2025
Eng ommabop buklamafonlar aniqlandi
20:14 / 04.12.2025
2026 yil smartfon bozori uchun og‘ir kelishi aytilyapti
14:15 / 03.12.2025