O‘zbekiston | 10:54 / 18.09.2018
15766
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvali o‘zgardi

Foto: 29.ru

«Toshissiqquvvati» DUKning xabar berishicha, IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining kuzgi rejali butunlay to‘xtatilishi boshqa muddatga ko‘chirilmoqda.

Korxona axborot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, issiq suvning butunlay o‘chirilishi IM-8, IM-4, IM-10da 2018 yilning 2-5 oktabr kunlari amalga oshiriladi.
 
Rejali to‘liq o‘chirish davrida issiq suv ta'minoti quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lmaydi.
 
IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining hududlari ro‘yxati:
 
Amal qilish hududi: Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-tupik, Chingiz Aytmatov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, G‘irg‘irtepa, Bog‘iravon, Shivli, Shuhrat, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Shahriston, Chinobod, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Quloqtepa, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, M.Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Sag‘bon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘cha, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta halqa yo‘li, Qamarniso, Qoraqamish 2-ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘cha, Universitet ko‘chalari, Yunusobod dahasi 1-19 kvartallar, Ts-1,2,4,5,6,12,15,Ts-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1,1/2,1/3,1/4, 2/1, 2/2, 2/3,2/4, 2/5, Yoshlik, Chimboy, Beshqo‘rg‘on – 1,2,3,4 mikrotumanlari, Qamarniso, ToshGTU, Olimpiya, Ibn Sino 1,2, Beltepa, Jarariq, Shifokorlar shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvali tasdiqlangandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid