Jahon | 13:18 / 18.09.2018
5590
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston elektr energiyasi eksportini sezilarli darajada oshirdi

Foto: Flickr

Tojikiston qo‘shni mamlakatlarga elektr energiyasi eksportini oshirdi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasi eksporti miqdori shu yilning sakkiz oyi davomida 62,2 mln dollardan ortiqni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5 mln dollarga ko‘pdir, deb xabar berdi Avesta.

Xabarda aytilishicha, tojik elektr energiyasining asosiy xaridorlari Afg‘oniston va O‘zbekiston hisoblanadi. Tojikiston bu yil Afg‘onistonga 1,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasini eksport qilishni rejalashtirgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 200 mln. kVt/soatga ko‘pdir.

Qayd etilishicha, yil oxiriga qadar O‘zbekistonga 1,5 mlrd. kVt/soatdan kam bo‘lmagan elektr energiyasi eksport qilinadi.

Ikki davlat elektr energiya kompaniyalari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, O‘zbekiston yoz mavsumida Tojikistondan olinadigan bir kilovatt energiya uchun 2 sent to‘laydi.

Energetiklarning ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda Tojikiston aholisi bir kilovatt elektr energiyasi uchun 16,85 dirham (1,8 sentga yaqin) to‘laydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid