Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xitoydan tovarlarga qo‘shimcha bojlar joriy etilishini e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar joriy etilishi haqida ma'lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Ta'kidlanishicha, gap 10%lik bojlar haqida ketmoqda - bu taxminan 200 milliard dollar. Yangi tariflar 24 sentabrdan kuchga kiradi.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar prezidenti agar Xitoy AQShdan fermerlik yoki sanoat mahsulotlariga qarshi javob choralarini ko‘rsa, zudlik bilan bojlarni kuchaytirish bo‘yicha keyingi bosqichga o‘tish kerakligini aytgan. Bunda gap 267 milliard dollarlik bojlar haqida ketyapti.
Agentlikning ta'kidlashicha, yangi tariflar joriy etilishi kerak bo‘lgan tovarlarning dastlabki ro‘yxatidan smart-soatlar, bolalar avtoo‘rindiqlari hamda boshqa tovarlar chiqarib tashlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eronni uyg‘urlarni neftga «almashtirishda» ayblagandi.
Mavzuga oid
22:15
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
09:45