Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomashina oldi-sotdisidagi firibgarlik fosh etildi
Illyustrativ foto
Shu yil 31 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tuman IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil 17 dekabr kuni Olmazor tumanida yashovchi Q.S. Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan avtomashina bozorida fuqaro S.D.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi D.E.ga sotishini va avtomashinani bir necha kun ichida nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu shaxs aldov yo‘li bilan undan 6 050 AQSh dollari olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. Q.S.ni ushlash choralari ko‘rilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida Q.S. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026