14:47 / 19.09.2018
11112

Viloyat hokimining sayyor qabuli: murojaatlar yechimiga xizmat qilib

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov Muzrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda fuqarolarning murojaatlari yuzasidan masalalarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun viloyat, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda 100 dan ziyod idora va tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari jalb etildi.

Qabul davomida aholi tomonidan yo‘llarni ta'mirlash, toza ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish singari 242 ta masala yuzasidan murojaatlar tushdi.

-  Ertalab sayyor qabulga kelayotganimda uyga tikuv mashinasi bilan qaytaman, deb sira o‘ylamagandim - deydi “Do‘stlik” mahallasida yashovchi Nigora Qo‘ldosheva. - Mana, bugun zamonaviy tikuv mashinasini berishdi. Endi barcha buyurtmalarni uyda o‘tirib bajaraman. Eng muhimi, ishli bo‘ldim. Bunday  samarali tizim yo‘lga qo‘yilganidan xursandman.

Viloyat hokimi har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, o‘rtaga tashlangan masalalarni o‘z o‘rnida, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralarini ko‘rdi. Xususan, tumanda bo‘sh turgan 2 ta binoni qayta ta'mirlab, uy-joyga moslashtirgan holda ularga 63 ta ehtiyojmand oilani joylashtirish va boshqa masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga qat'iy vazifa va topshiriqlar berildi.

Top