Sport | 22:14 / 20.09.2018
2610
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati saralash bahslari o‘tkaziladi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2019 yilda OFK U20 futzal chempionatining saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Uning natijalariga ko‘ra, saralash bosqichining O‘zbekiston futzal terma jamoasi ishtirok etuvchi Markaziy mintaqa o‘yinlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. 

Markaziy mintaqadan Eron, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston va Qirg‘iziston terma jamoalari joy olishgan edi. Qur'a natijalariga ko‘ra, ikki guruhga bo‘lingan Markaziy mintaqa jamoalari quyidagicha joylashishdi:

A guruhi: Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston.
B guruhi: O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston.

O‘yinlar 1-4 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Quyida o‘yinlarning vaqtlari bilan tanishishingiz mumkin:
 
1 dekabr
Qirg‘iziston – O‘zbekiston
Turkmaniston – Eron
 
2 dekabr 
Tojikiston – Qirg‘iziston
Afg‘oniston – Turkmaniston
 
3 dekabr 
O‘zbekiston – Tojikiston
Eron – Afg‘oniston
 
4 dekabr 
Uchinchi yo‘llanma uchun bahs

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid