Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Coca-Cola xususiylashtirilishi mumkin
Moliya vazirligida Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki, The Coca-Cola Company (AQSh) va Coca-Cola İçecek (Turkiya) vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘p tomonlama uchrashuvda o‘zaro hamkorlik va «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QKga strategik investor jalb etish masalasi imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunga Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) yordam beradi.
Hozirda «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QKning 57,1 foizi «O‘zbekoziqovqatxolding» davlat xolding kompaniyasiga, 42,9 foizi esa The Coca-Cola Export Corporation’ga tegishli.
«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QK 1993 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda qo‘shma korxona Toshkent, Namangan va Urganch shahrida joylashgan O‘zbekistondagi uchta zavodga egalik qiladi.
«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd.» MChJ QK O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoati sohasida 4ta ISO xalqaro sifat sertifikatlariga ega yagona korxona hisoblanadi.
YeTTB 1992 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistondagi 54 loyihaga 894 million yevro sarmoya kiritgan.

Mavzuga oid
10:25 / 25.11.2025
Avstriya biznes delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi
12:38 / 10.11.2025
Davlat departamenti: O‘zbekiston AQShdan kichik AES reaktorlari sotib oladi
16:17 / 20.10.2025
Aksilkorrupsiya agentligi UzPost'ni xususiylashtirishda shaffoflikni talab qildi
09:00 / 19.10.2025