Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyani «tiyib turish» uchun hujumkor kiberqo‘shinlar sonini oshirmoqda
Foto: REUTERS
Britaniya hukumati Buyuk Britaniyaga zarar yetkazmoqchi bo‘lgan davlatlarni «tiyib turish» uchun o‘zining «hujumkor» kiberqo‘shinlari sonini deyarli to‘rt barobarga oshirish niyatida. Bu haqda Sky News telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yangi «hujumkor» kiberqo‘shinlarga 2000ga yaqin mutaxassis jalb qilinishi mumkin. Britaniya Rossiya tomonidan ortib borayotgan kibertahdidlar tufayli shunday qadamga borishga majbur bo‘ldi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan Sky News’dan. Kutilishicha, rasmiylar yaqin vaqt ichida kiberqo‘shinlar kengayishi haqida e'lon qiladilar.
Telekanal manbasining qo‘shimcha qilishicha, Britaniya kiberqo‘shinlar sonini ko‘paytirish uchun 250 million funt sterling ajratadi. Boshqa bir manbaning fikricha, Britaniya hukumati undan ham ko‘proq pul ajratishni mo‘ljallamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon «profilaktik» kiberzarbalar berish niyatida ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:14 / 09.05.2026
Trampning ittifoqchisi Britaniyadagi saylovlarda tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026