AQŞ Mudofaa vazirligi öz vakolatlarini kengaytirib, xorijiy hukumatlar uçun işlaydigan xakerlar bilan kuraşişni maqsad qilmoqda. Bu haqda Qöşma Ştatlarning CNN telekanali Pentagon yangi kiberdasturiga asosan xabar berdi.
Yangi strategiyaga köra, Mudofaa vazirligi «ogohlantiruvçi» (profilaktik) kiberzarbalar berişi mumkin, deya xabar qilmoqda CNN. Pentagonda yangi pozitsiya - «mudofaa oldida», u amerikalik harbiylarga kiberhujumlarning oldini oliş va töxtatiş imkonini beradi, deya ta'kidlanadi materialda.
Yangi mudofaa strategiyasi birinçi bölib kiberzarbalar beriş uçun xakerlar otryadining «dahşatli kuçini» yaratişni nazarda tutadi.
Aslida, CNN’ning qayd etişiça, bu AQŞ harbiylariga hatto döst mamlakatlarda joylaşgan kompyuter tarmoqlari bilan boğliq holatda ham mustaqil ravişda harakat qiliş uçun köproq vakolat taqdim etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon Rossiya va Xitoyni tahdid deb atagandi.












