Jahon | 11:11 / 21.09.2018
3965
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroskeptiklar Meyning Brexit bo‘yicha rejasini boykot qilishmoqchi

Foto: Jeff Overs/BBC handout via Reuters

Brexit bo‘yicha sobiq vazir Devid Devisning The Huffington Post internet nashriga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, «Yevropa tadqiqot guruhi»dan (ERG) bo‘lgan yevroskeptiklar Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Yevroittifoqdan (YeI) chiqish bo‘yicha rejalariga qarshi chiqishni mo‘ljallashmoqda.

Uning ta'kidlashicha, yevroskeptiklar avvaliga kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan Konservativ partiya konferensiyasida Meyning rejasini tanqid qiladilar, so‘ng parlamentda unga qarshi ovoz beradilar. Shu bilan birga, Devisning ma'lum qilishicha, bu siyosatchilar «tosh kabi qattiq». U o‘zi ERG a'zosi emasligini eslatib o‘tgan.

Shuningdek, Devisning aytishicha, unga Meyda Brexit bo‘yicha faqat ikkita ssenariy borligi juda yoqmayapti: yoki uning o‘zi tomonidan taklif etilgan reja, yoxud Yevropa ittifoqi bilan savdo kelishuvining bo‘lmasligi. Devisning fikricha, Buyuk Britaniya YeI bilan erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashi mumkin edi. Bu hozir AQSh va Kanada o‘rtasidagi bitimga o‘xshash bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq konservatorlar Tereza Meyga 2019 yilda o‘z lavozimidan ketishni taklif qilishlari xabar berilgandi. 

Mavzuga oid