Brexit böyiça sobiq vazir Devid Devisning The Huffington Post internet naşriga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, «Yevropa tadqiqot guruhi»dan (ERG) bölgan yevroskeptiklar Britaniya boş vaziri Tereza Meyning Yevroittifoqdan (YeI) çiqiş böyiça rejalariga qarşi çiqişni möljallaşmoqda.

Uning ta'kidlaşiça, yevroskeptiklar avvaliga kelasi hafta bölib ötadigan Konservativ partiya konferensiyasida Meyning rejasini tanqid qiladilar, söng parlamentda unga qarşi ovoz beradilar. Şu bilan birga, Devisning ma'lum qilişiça, bu siyosatçilar «toş kabi qattiq». U özi ERG a'zosi emasligini eslatib ötgan.

Şuningdek, Devisning aytişiça, unga Meyda Brexit böyiça faqat ikkita ssenariy borligi juda yoqmayapti: yoki uning özi tomonidan taklif etilgan reja, yoxud Yevropa ittifoqi bilan savdo kelişuvining bölmasligi. Devisning fikriça, Buyuk Britaniya YeI bilan erkin savdo töğrisidagi bitimni imzolaşi mumkin edi. Bu hozir AQŞ va Kanada örtasidagi bitimga öxşaş böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq konservatorlar Tereza Meyga 2019 yilda öz lavozimidan ketişni taklif qilişlari xabar berilgandi.