18:17 / 21.09.2018
36477

Isroil Il-20 halokatiga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: Maksim Kuzovkov/TASS

Isroil harbiylari rossiyalik hamkasblariga Il-20 halokatiga Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlarining tartibsiz o‘t ochishi sabab bo‘lgani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Isroil va Rossiya o‘rtasida Suriyadagi vaziyatni keskinlashtirmaslik mexanizmi ishlashda davom etmoqda. Bu haqda Isroil harbiy vakili ma'lum qilgan.

Isroil Suriyadagi hujum haqida bir daqiqadan ko‘proq vaqt oldin Rossiya Federatsiyasini ogohlantirgan, deya aytib o‘tdi Isroil harbiy vakili.

Uning ma'lum qilishicha, isroillik harbiylar Il-20 halokatini surishtiruvdan o‘tkazish doirasida Isroilda rossiyalik hamkasblarini qabul qilishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiyaga Il-20 bo‘yicha yordam taklif qilgandi.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari 6-floti matbuot xizmati vakili Kayle Reynsning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga Il-20 samolyotining O‘rta Yer dengiziga qulagan joyidagi qidiruv ishlarini o‘tkazishda yordam berishi mumkin. 

Top