AQŞ harbiy-dengiz kuçlari 6-floti matbuot xizmati vakili Kayle Reynsning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Rossiyaga Il-20 samolyotining Örta Yer dengiziga qulagan joyidagi qidiruv işlarini ötkazişda yordam berişi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov Il-20 qulagan joyda qidiruv operatsiyasi davom etayotganini ma'lum qilgandi.

Reynsning ta'kidlaşiça, AQŞ Rossiya samolyoti qulab tuşganidan xabardor.

«Bizning kemalar dengizga yordam berişni söragan har qanday mamlakatga yordam taqdim etişga tayyor, bu dengizçilar mas'uliyatining asosiy elementi hisoblanadi», - deya qayd etib ötdi Reyns.

Şu bilan birga, u Rossiya vakillari AQŞ harbiy-dengiz kuçlariga yordam sörab murojaat qilgani borasidagi masalaga aniqlik kiritmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Putin javob harakatlari haqida gapirgandi.