Isroil harbiylari rossiyalik hamkasblariga Il-20 halokatiga Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlarining tartibsiz öt oçişi sabab bölgani haqidagi ma'lumotlarni taqdim etişdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Isroil va Rossiya örtasida Suriyadagi vaziyatni keskinlaştirmaslik mexanizmi işlaşda davom etmoqda. Bu haqda Isroil harbiy vakili ma'lum qilgan.
Isroil Suriyadagi hujum haqida bir daqiqadan köproq vaqt oldin Rossiya Federatsiyasini ogohlantirgan, deya aytib ötdi Isroil harbiy vakili.
Uning ma'lum qilişiça, isroillik harbiylar Il-20 halokatini suriştiruvdan ötkaziş doirasida Isroilda rossiyalik hamkasblarini qabul qilişga tayyor.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Rossiyaga Il-20 böyiça yordam taklif qilgandi.
AQŞ harbiy-dengiz kuçlari 6-floti matbuot xizmati vakili Kayle Reynsning ma'lum qilişiça, Qöşma Ştatlar Rossiyaga Il-20 samolyotining Örta Yer dengiziga qulagan joyidagi qidiruv işlarini ötkazişda yordam berişi mumkin.













