Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:28 / 22.09.2018
20948
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh koalitsiyasi Suriya viloyatidan IShID "mansabdorlari"ni olib chiqib ketdi - OAV
Foto : SANA
AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyaning Dayr-az-Zor viloyatidan IShID terrorchilik guruhi jangarilarini olib chiqib ketdi, deb xabar berdi SANA agentligi o‘z manbasiga tayanib.
"Koalitsiya IShID joylashgan Dayr-az-Zor viloyatidagi al-Marashda qishlog‘i yaqinida vertolyotlar yordamida terrorchilik guruhining yuqori lavozimdagi rahbarlarini noma'lum tarafga olib ketdi", — deyiladi agentlik xabarida.
AQSh va uning ittifoqchilari 2014 yildan buyon Iroq va Suriyada IShIDga qarshi operatsiya o‘tkazmoqda.