Jahon | 07:56 / 22.09.2018
8900
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi noqonuniy muhojirlar soni ancha ko‘p bo‘lib chiqdi

Foto: Alexandros Avramidis/Reuters

Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlar soni rasmiy statistikaga qaraganda ikki barobar ko‘p bo‘lib chiqdi. Bundan Yyel universiteti va Massachusets texnologiyalar instituti tadqiqotlari natijalari darak beryapti.

The Hill’ning ta'kidlashicha, AQSh Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish byurosining so‘nggi hisobotida mamlakatda 11 mln migrant istiqomat qilishi haqida aytilgan.

Biroq, tadqiqotning ko‘rsatishicha, ularning soni ikki barobar ko‘p bo‘lishi mumkin - 22,1 mln kishi.

Olimlar 1990 yildan 2016 yilga bo‘lgan davrdagi muhojirlar kelishi va ketishi, shuningdek, demografik statistikani taqqoslashdi. Ularning aniqlashicha, 90-yillardan 2007 yilga qadar migrantlar soni doimiy ravishda o‘sib borgan, shundan so‘ng o‘sish to‘xtagan.

Tadqiqotchilarning xulosa qilishicha, ko‘p yillar davomida rasmiy statistika AQShda noqonuniy ravishda yashovchi millionlab odamlarni hisobga olmay kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh xalqaro tashkilotlarga nega ehtiyotkor munosabatda bo‘layotgani tushuntirilgandi

Mavzuga oid