Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Odamlar o‘tlarni yeyishmoqda». BMT Yamandagi vaziyat haqida ma'lum qildi
Foto: AP Photo/Hammadi Issa
Yamandagi vaziyat gumanitar falokat yoqasida turibdi, mamlakatda ocharchilikdan aziyat chekayotgan aholi soni 11,5 mln kishiga yetishi mumkin. Bu haqda BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va favqulodda yordam bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Mark Loukok ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaman rialining qadrsizlanishi taxminan 10 million yamanliklar uchun oziq-ovqatga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib kelmoqda, sababi mamlakatga deyarli barcha oziq-ovqat mahsuloti import qilinadi.
Bundan tashqari, Loukokning ta'kidlashicha, BMT holatni ocharchilik, deb atash mumkin bo‘lgan o‘choqlarni, jumladan, «odamlar boshqa ovqat bo‘lmagani uchun barglarni yeyishga majbur bo‘layotgan vaziyatlarni» ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
18:13 / 22.04.2026
2025 yilda qariyb 8 ming noqonuniy migrant halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi – BMT
19:36 / 21.04.2026
BMT bosh kotibligiga 4 nomzod: ular kim va qanday saylanadi?
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
21:35 / 20.04.2026