Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Rossiya bilan do‘stlikka nuqta qo‘ydi
Foto: AFP
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga mamlakatlar o‘rtasidagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma uzaytirilmasligi to‘g‘risida bildirishnoma yubordi. Bu haqda 21 sentabr, juma kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Pavel Klimkin ma'lum qildi, deya xabar beradi «Gordon».
«Bugun biz Rossiyaga tegishli notani topshirdik», - dedi u. Unda, Klimkinning so‘zlariga qaraganda, ushbu shartnomaning barcha tomonlari Rossiya tomonidan buzilganiga oid ma'lumot mavjud.
«Bu Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi qurolli tajovuzi, Rossiya Federatsiyasining gibridli tajovuzi, iqtisodiy bosim, shuningdek, Ukraina fuqarolarining huquqlarini buzishga aloqadordir. Ushbu shartnoma Rossiya Federatsiyasi tomonidan tubdan buzildi va shuning uchun uzaytirilmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.
Klimkinning ko‘rsatishicha, Kiyev Moskva bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqishni davom ettiradi. «Ikki tomonlama huquqiy asosni tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlarni ko‘rib chiqishda Ukraina faqat o‘z manfaatlaridan kelib chiqadi. Klimkin Kiyev o‘zgartirish yoki bekor qilishni rejalashtirayotgan aniq hujjatlarni oshkor etmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya bilan do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilgandi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025