Ukraina Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga mamlakatlar örtasidagi Döstlik, hamkorlik va şeriklik töğrisidagi şartnoma uzaytirilmasligi töğrisida bildirişnoma yubordi. Bu haqda 21 sentabr, juma kuni Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbari Pavel Klimkin ma'lum qildi, deya xabar beradi «Gordon».

«Bugun biz Rossiyaga tegişli notani topşirdik», - dedi u. Unda, Klimkinning sözlariga qaraganda, uşbu şartnomaning barça tomonlari Rossiya tomonidan buzilganiga oid ma'lumot mavjud.

«Bu Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzi, Rossiya Federatsiyasining gibridli tajovuzi, iqtisodiy bosim, şuningdek, Ukraina fuqarolarining huquqlarini buzişga aloqadordir. Uşbu şartnoma Rossiya Federatsiyasi tomonidan tubdan buzildi va şuning uçun uzaytirilmaydi», - deya qöşimça qilib ötdi vazir.

Klimkinning körsatişiça, Kiyev Moskva bilan tuzilgan şartnomalarni qayta körib çiqişni davom ettiradi. «Ikki tomonlama huquqiy asosni tubdan qayta körib çiqiş kerak», - deya ta'kidlab ötdi u.

Uning sözlariga köra, hujjatlarni körib çiqişda Ukraina faqat öz manfaatlaridan kelib çiqadi. Klimkin Kiyev özgartiriş yoki bekor qilişni rejalaştirayotgan aniq hujjatlarni oşkor etmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Rossiya bilan döstlik töğrisidagi şartnomani bekor qilgandi.