Sport | 18:10 / 22.09.2018
45048
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeff Monson Nurmagomedov-Makgregor jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi

Foto: REUTERS

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedov Konor Makgregor ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi, dedi may oyida Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik jangchi Jyeff Monson.

"Habib Konorni barcha besh raund davomida yanchib tashlaydi. U jangni tezda tugatishni istamaydi, u raqibini ezadi. So‘ngra qanday tarzda yutishni o‘zi hal qiladi", - dedi Monson.

Nurmagomedov – Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Nurmagomedov uchun bu jang aprel oyida amerikalik El Yakvinta ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritilgan chempionlik kamarini himoya qiladigan birinchi bellashuvga aylanadi.

Mavzuga oid