Ilk marotaba asteroid sirti surati olindi
Yaponiyaning “Xayabusa-2” zondidan tushirilgan ikkita mini-robot Ryugu asteroidiga muvaffaqiyatli qo‘nib, olimlarga ilk marotaba asteroid sirti suratlarini va u haqdagi ma'lumotlarni jo‘natdi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ma'lum qildi.
Har biri bir kilogramm keluvchi MINERVA-II1 mobil robotlari zonddan 21 sentabrda ajragan. Ta'kidlanishicha, ular yaxshi holatda bo‘lib, kamida bittasi asteroid sirti bo‘ylab harakatlanmoqda.
Suratlar robotlar harakatlanganda aylangani va quyosh nuri shu'lasi sababli aniq chiqmagan. Hammasi bo‘lib uchta surat jo‘natilgan.
“Xayabusa-2” zondi 2014 yil 3 dekabrda Yaponiya janubidagi Tanegasima kosmodromidan N-2A raketasi yordamida fazoga olib chiqilgan. Zond asteroid yonida 1,5 yil davomida bo‘ladi. Asteroidni tadqiq qilishning keyingi bosqichida tuproq namunalarini olinadi. Buning uchun zond asteroid sirtiga mobil portlovchi qurilma tushiradi.
1999 JU3 asteroidi Yerga yaqin jismlar guruhiga kirib, Quyosh atrofida aylanishi davri 474 sutkaga teng. Ryugu sayyoramizdan 300 mln kilometr uzoqda joylashgan.
Mavzuga oid
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024
Yaponiyaning asosiy meteorologik sun’iy yo‘ldoshi ishdan chiqdi
23:27 / 10.11.2024