Britaniyalik millionerning qizi sendvichdan vafot etdi
Britaniyalik millioner, Wow Toys o‘yinchoqlari tarmog‘i asoschisi Nadim Ednan-Laperuzning o‘n besh yoshli qizi London — Nitstsa samolyotida o‘zini yomon his qilganidan so‘ng vafot etdi, deb xabar berdi. Daily Mail.
O‘limga qiz Xitrou aeroportida parvoz oldidan sotib olgan sendvich sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Parvoz vaqtida qizda sendvich nonidagi kunjutga nisbatan o‘tkir allergik reaksiya paydo bo‘lgan.
Otasi unga dori bergan, ammo buning foydasi bo‘lmagan. Qiz Nitstsadagi kasalxonada vafot etgan.
Ednan-Laperuz fojia bo‘yicha tergov olib borilishini talab qilmoqda. U sendvich ishlab chiqaruvchilaridan nima uchun uning qadog‘ida sendvich noni tarkibida kunjut borligi yozib qo‘yilmagani bo‘yicha izoh so‘ramoqda.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024