Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gongkongda Xitoydan ajralib chiqishni xohlagan partiya taqiqlab qo‘yildi
Xitoydan ajralib chiqish tarafdori bo‘lgan Gonkong milliy partiyasiga taqiq qo‘yildi, deb yozmoqda The Guardian gazetasi.
Qaror Gongkong xavfsizlik byurosi tomonidan huquq-tartibot idoralarining murojaatiga ko‘ra qabul qilindi. Rasmiylarning xabar berishicha, partiya o‘z ishidan zo‘ravonlikdan bevosita foydalanmagan, biroq milliy xavfsizlik uchun haqiqiy tahdid bo‘lgan.
Qonunchilikka ko‘ra, taqiqlangan tashkilotda ishtirok etish, uni moliyalashtirish, shuningdek, uning tadbirlariga borish uchun yigirma ming Gonkong dollari miqdorida jarima yoki bir yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanadi. Takroriy qonunbuzarlik holati uchun sud ikki yilga qamoqqa yuborishi mumkin.
Gongkong milliy partiyasi yetakchisi Endi Chan, gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, tashkilotni taqiqlash to‘g‘risidagi rasmiy qarorga qadar izoh berishdan bosh tortgan.
The Guardian’ning qayd etishicha, Gongkong milliy partiyasi so‘nggi ikki yil ichida o‘z ta'sirini nisbatan kamaytirdi, ammo uning faoliyati taqiqlanishi jamiyatda tashkilotni qo‘llab-quvvatlash darajasining qayta tiklanishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Xitoyga o‘ta keskin ayblovlar bilan chiqmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026