Jahon | 13:43 / 24.09.2018
7356
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyga “Trami” to‘foni xavf solmoqda

Foto: Stringer/ Reuters

Tinch okeanining Filippindan g‘arbiy qismida mavsumdagi yangi, 24-to‘fon – “Trami” paydo bo‘lgani aniqlangan. Ayni paytda u o‘z yo‘nalishini Xitoyning janubi-sharqiga qarab o‘zgartirgan.

Hozir shamolning tezligi siklon markazida soatiga 48 metrdan 58 metrgacha yetgan, deb xabar bermoqda TASS. Prognozlarga ko‘ra, “Trami” shu haftaning so‘ngida supertayfun maqomini oladi va Tayvan oroli va Xitoy qirg‘oqlariga yopirilishi mumkin.

Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning 14 sentabr kuni AQShning sharqiy qirg‘og‘iga «Florens» to‘foni yetib kelgan, so‘nggi ma'lumotlarga qaraganda, AQShdagi 930 mingga yaqin iste'molchi elektrsiz qoldirgan edi. Bloomberg axborot agentligi “Florens”dan ko‘riladigan zarar kamida 27 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkinligini prognoz qilgan edi.

Undan avval esa, Sharqiy Osiyoga kirib kelgan «Manghut» to‘foni tufayli 16 sentabr kuni Filippinda kamida 28 kishi halok bo‘lgani xabari berilgan edi.

Mavzuga oid